UZ
🧴 Bu qanday mahsulot?
Bu teri, soch va tirnoqlarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan kollagen kompleksi. Unda klinik o‘rganilgan VERISOL® kollagen peptidlari, biotin va vitamin C mavjud.
Tarkibi
3 tabletka — 1 kunlik porsiya:
VERISOL® collagen peptides — 2 500 mg
Vitamin C — 45 mg
Biotin — 1 500 mcg
10 kkal va 2 g protein.
345 tabletka taxminan 115 kunlik kursga yetadi, agar kuniga 3 tadan qabul qilinsa.
Nima uchun ichiladi?
Asosan:
🌸 terining elastikligi va silliqligini qo‘llab-quvvatlash;
💇♀️ soch qalinligi va sog‘lomligini qo‘llab-quvvatlash;
💅 tirnoqlarni mustahkamlash;
🦴 bo‘g‘imlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi.
VERISOL® oddiy kollagendan biroz farq qiladi — u ayniqsa terining elastikligi va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha o‘rganilgan kollagen peptidlari hisoblanadi.
Qanday ichiladi?
Ishlab chiqaruvchi kuniga 3 tabletka tavsiya qiladi. Ularni bir vaqtda yoki kun davomida bo‘lib ichish mumkin.
⚠️ Muhim
Bu mahsulotda biotin 1 500 mcg, ya’ni kunlik ehtiyojdan ancha yuqori miqdor bor. Biotin ayrim qon tahlillari natijalariga ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun tahlil topshirishdan oldin shifokorga biotin qabul qilayotganingizni aytish kerak.
Yana bir muhim jihat: ishlab chiqaruvchi kollagen manbasini qoramol terisi va/yoki cho‘chqa manbasi bo‘lishi mumkin deb ko‘rsatadi
Qo'shilgan: 2026-08-13